Mas’uliyatli va xavfsiz o‘yin
- Qimor o‘yinlariga qaramlik belgilari
- Qimor o‘yinlariga qaramligi bor o‘yinchilar uchun maslahatlar
- O‘z-o‘zini cheklash (Self-Exclusion) funksiyasi
- Yordam beruvchi resurslar
1win — bu mas’uliyatli o‘yin siyosatini ishlab chiqqan va unga qat’iy rioya qiladigan o‘yin platformasidir. Bu juda muhim, chunki kompaniya xavfsiz o‘yin muhitini yaratishni maqsad qilgan. Garovlar va o‘yinlar daromad manbai emas, balki ko‘ngilochar vosita sifatida qaraladi.
Bundan tashqari, mas’uliyatli o‘yin bo‘yicha tavsiyalar va o‘z-o‘zini cheklash (self-exclusion) uchun maxsus vositalar mavjud. O‘yin jarayoni ongli, ishonchli va minimal yo‘qotishlar bilan o‘tishi uchun limitlarga rioya qilish va o‘yin budjetini nazorat qilish shart.
Qimor o‘yinlariga qaramlik belgilari
O‘yinchilarning haddan tashqari faolligi natijasida lyudomaniya — ya’ni o‘yinga qaramlik rivojlanishi mumkin. U bosqichma-bosqich shakllanadi va insonning hissiy holatiga, xulq-atvori hamda hayot sifatiga ta’sir qiladi.
O‘yinga qaramlik nazoratni yo‘qotishda, o‘yinga sarflanadigan vaqtning cheksiz ortishida va hatto salbiy oqibatlar bo‘lganda ham o‘yinni davom ettirish istagida namoyon bo‘ladi.
Va muqt o‘tishi bilan real hayotga bo‘lgan qiziqish susayadi, ish unumdorligi yomonlashadi va yaqinlar bilan mojarolar kelib chiqadi. Lyudomaniyaning xarakterli belgilari:
- O‘yinga qaytish istagining haddan tashqari kuchliligi;
- O‘yin vaqtini cheklashayotganda paydo bo‘ladigan asbiylik;
- Majburiyatlar va ijtimoiy munosabatlarga e’tibor bermaslik;
- Charchoq va uyqu rejimining buzilishi;
- O‘yin bilan bog‘liq xarajatlarning yashirin yoki haddan tashqari ko‘pligi.
Natijada, o‘yinga qaramlik hayot sifatiga jiddiy zarar yetkazadi, shuning uchun mas’uliyatli o‘yin tamoyillari bilan tanishish muhimdir.
Qimor o‘yinlariga qaramligi bor o‘yinchilar uchun maslahatlar
O‘yinga qaramlik ehtiyotkorlik va bosqichma-bosqich yondashuvni talab qiladi. Uni yengish yo‘lidagi birinchi qadam — muammoning ehtimoliy sabablarini anglash va tan olishdir.
Bir nechta muhim tavsiyalar mavjud:
- Qat’iy vaqt limitini belgilang va unga rioya qilinishini nazorat qiling.
- O‘yin vaqtini boshqa sevimli mashg‘ulotlar (xobbi) bilan almashtiring.
- Dam olish va uyqu uchun muntazam tanaffuslar qiling.
- Budjetni boshqaring — yo‘qotish siz uchun qiyinchilik tug‘dirmaydigan summani ajrating va ushbu limitga qat’iy amal qiling.
- Boy berilgan mablag‘ni qaytarib olishga (otigrysh) urinmang — bu yanada ko‘proq yo‘qotish xavfini tug‘diradi.
- Hissiyotlarni jilovlang — o‘yin jarayonida xotirjamlikni saqlash muhim.
Yaqin insonlarning qo‘llab-quvvatlashi va hissiy zo‘riqishni kamaytirish qimor o‘yinlariga ongli munosabatda bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi. Agar muammoni boshqarish qiyin bo‘lsa, o‘z-o‘zini cheklash funksiyasini yoqish yoki mutaxassislar yordamiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
O‘z-o‘zini cheklash (Self-Exclusion) funksiyasi
O‘z-o‘zini cheklash opsiyasi — bu o‘yinni vaqtincha to‘xtatish imkonini beruvchi zaruriy vositadir.
Ushbu funksiya o‘yinni mustaqil ravishda to‘xtatish qiyin bo‘lganda va lyudomaniya belgilari namoyon bo‘lganda samarali hisoblanadi. Jarayonni boshlash uchun o‘yinchi kazinoning qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘lanishi kerak.
O‘z-o‘zini cheklashning minimal muddati 1 yil bo‘lib, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Funksiya yoqilgandan so‘ng o‘yinchiga quyidagilar taqiqlanadi:
- Hisobni to‘ldirish va garov tikish;
- O‘z shaxsiy hisobidan foydalanish;
- Cheklovni aylanib o‘tish uchun yangi profil yaratish.
Muddat tugamaguncha o‘yin imkoniyati mavjud bo‘lmaydi; muddat yakunlangach, faoliyatni davom ettirish mumkin bo‘ladi.
Yordam beruvchi resurslar
Lyudomaniyadan xalos bo‘lishga yordam beradigan foydali xalqaro resurslar mavjud. Bunday tashkilotlar qatoriga GamCare, Gamblers Anonymous va GambleAware kiradi.
Nima o'ynashni bilmayapsizmi?
Ta'sir o'yinida omadni sinab ko'ring.